Hibsda saqlanayotgan Odilxon qori og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

Hibsda saqlanayotgan Odilxon qori Ismoilovning volidayi muhtaramasi Hafizaxon aya 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ oilaning yaqinlaridan axborot oldi. 

Hafizaxon aya kecha, 11 avgust kuni olamdan ko‘z yumgan. Marhuma bugun, 12 avgust kuni, peshin namozidan keyin Namangan viloyatining Namangan shahrida joylashgan “Mavlono” qabristoniga dafn etildi. Janoza va dafn marosimida Odilxon qori Ismoilov ishtirok etmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Odilxon qori Ismoilov joriy yilning 20 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi hukmi bilan 8 yilga ozodlikdan mahroum etilgan edi. 

Ma’lumot uchun, Odilxon qori Ismoilov ko‘p yillar davomida Toshkent shahridagi bir nechta yirik masjidlarda, jumladan, Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi va "Ko‘kcha" (Shayx Zayniddin) masjidi imomi sifatida ishlagan.

QALAMPIR.UZ marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing