Qozog‘istonda qo‘lga tushgan Shukurov O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
3-sahifa
−
21 mart
15865Toshkentdagi tungi klublardan birida fuqaroni urib, komaga tushirib qo‘ygan Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlanib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirda Akmal Shukurov Qozog‘iston Respublikasidan Toshkent shahriga ekstraditsiya qilingan va tergov harakatlari davom etmoqda. Mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari to‘liq va xolisona olib borilib, qonun ustuvorligi va jinoyat uchun jazo muqarrarligi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Akmal Shukurov Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi tungi klublardan birida fuqaroni urib, komaga tushirib qo‘ygani xabar qilingandi. Sodir etilgan jinoyat bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida tergovdan qochib, yashiringani sababli unga nisbatan sirtdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) va 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayb e’lon qilinib “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanib, qidiruv e’lon qilingan va Qozog‘iston Respublikasida ushlangandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


