Interpol qidiruvidagi 6 nafar o‘zbekistonlik BAAdan qaytarildi
3-sahifa
−
09:50 1425 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklaridan xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekistonning 6 nafar fuqarosi mamlakatga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolar turli og‘irlikdagi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan.
Ularni O‘zbekistonga qaytarish Interpolning O‘zbekistondagi va BAA Milliy markaziy byurolari, shuningdek, ikki davlatning vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida amalga oshirilgan.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi tashabbusi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan 16 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.
“Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xorijda yashirinib yurgan shaxslarning turgan joyini aniqlash hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda”, deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Gruziyada ushlangani va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi