“Axborot haqqoniy bo‘lishi zarur”. BP hokim yordamchisi bilan bog‘liq raddiyaga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
04 fevral
5479Kecha, 3 fevral kuni Bosh prokuratura Toshkent shahri Shayxontohur tumanida hokim yordamchisi 427,7 mln so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani haqida axborot bergan edi. Bugun, 4 fevral kuni esa Toshkent shahar hokimligi bunga raddiya berib, hokim yordamchisi o‘tgan yilning noyabr oyida o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilganini bildirdi. Bosh prokuratura esa vaziyatga yana munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, M.F. 2022 yilning 7 oktyabr kunidan 2024 yilning 29 noyabr kuniga qadar Shayxontohur tumani "Kamolon Darvoza" mahalla fuqarolar yig‘inining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan. Uning egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi to‘g‘risidagi tuman hokimining tegishli qarori esa 2024 yil 14 dekabrda qabul qilingan.
M.F. muqaddam e’lon qilingan xabardagi qilmishlarni aynan hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan davrida sodir etgan.
"Axborot haqqoniy va xolis bo‘lishi zarur!" deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.
LiveBarchasi
Trenddagilar


