AQSHning nufuzli banklaridan biri O‘zbekistonda ofisini ochadi 

Jamiyat

image

AQSHning eng yirik “Citigroup” moliyaviy korporatsiyasi O‘zbekistonda “Citibank” sho‘’ba banki ofisini ochadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, kecha, 20 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi doirasida AQSHning eng yirik “Citigroup” moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Duganni qabul qilgan. Unda O‘zbekiston banklari va davlat korxonalari obligatsiyalarining xalqaro fond bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirilishiga ko‘maklashgan korporatsiya bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani qayd etilgan. 

Xususan, davlat rahbari “Citigroup”ning O‘zbekistonda “Citibank” sho‘’ba banki ofisini ochish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatlagan. 

Uchrashuvda shuningdek, bank-moliya sohasini rivojlantirish, fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar jozibadorligi va likvidligini oshirish uchun samarali vositalarni joriy etish, mamlakat kapital bozoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. 

Bundan tashqari, AQSH korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlar va aniq ijro muddatlarini ko‘rsatgan holda “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Futbol assosiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Shuningdek, Prezident “Boston Consulting Group” kompaniyasi raisi Rich Lesserni qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston bank moliyaviy korporatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing