Mirziyoyev AQSH investori bilan davlat korxonalarini xususiylashtirish haqida gaplashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York shahridagi rejali uchrashuvlari davom etmoqda. Davlat rahbari bugun, 20 sentyabr kuni “Boston Consulting Group” kompaniyasi raisi Rich Lesserni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston rahbari xorij investori bilan mamlakat hududlarini rivojlantirishga uzviy bog‘lagan holda ishlash samaradorligini oshirish, davlat korxonalari va banklarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish, banklarning raqamli infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shaharlarni rivojlantirish va energetikadagi loyihalarni ekspertiza jihatidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan.

Shunngdek, suhbatda sun’iy intellekt salohiyatidan foydalangan holda bilimlar iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha uzoq muddatli kompleks strategiyani, sanoatni rivojlantirish dasturini hamda O‘zbekiston energetika sohasini rivojlantirish “master rejasi”ni birgalikda ishlab chiqish kerakligi qayd etilgan. 

Mirziyoyev AQSHning ushbu konsalting kompaniyasi O‘zbekistondagi yirik korxonalarning boshqaruvini maqbullashtirish loyihalarida faol ishtirok etayotganini ta’kidlagan. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Toshkent shahrida “Boston Consulting Group”ning ofisi ochilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Futbol assosiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashuv o‘tkaz edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev N'yu-York Rich Lesserni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing