FIFA Prezidenti Mirziyoyevga o‘zbek futbolini maqtadi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2023
6622Bugun, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Futbol assosiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuv avvalida davlat rahbari Janni Infantinoni 2023 yilgi futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabriklagan.
O‘zbekiston va FIFA o‘rtasidagi samarali sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlash kerakligi alohida qayd etilgan. Jumladan, mamlakatda tashkilotning yirik xalqaro tadbirlarini, shu jumladan ayollar va o‘smirlar o‘rtasidagi birinchiliklarni tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.
Janni Infantino O‘zbekistonni 2024 yilda ilk bor FIFA shafeligidagi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi bilan tabriklagan va uning yuqori saviyada o‘tkazilishida muvaffaqiyat tilagan.
Shuningdek, Federatsiya rahbari O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va ta’lim bazasini yaratish borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholagan.
LiveBarchasi