AQSHga borayotgan o‘zbekistonliklar soni ko‘paydi

Bu qiziq

image

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida jami 8 ming O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 996 nafarga yoki 14,3 foizga oshgan. 

Joriy yilning 7 oyida AQSHga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

  • sayyohlik – 5683 nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 1978 nafar;
  • o‘qish – 179 nafar;
  • xizmat yuzasidan – 104 nafar;
  • davolanish – 23 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda qonuniy qolish huquqiga ega bo‘lmagan 39 nafar O‘zbekiston fuqarosi ushbu mamlakatdan deportatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston turistik maqsad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing