AQSHdagi universitetda otishma bo‘ldi 

Olam

image
AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card'chilarga 10 ta muhim maslahat berdi north_east

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card'chilarga 10 ta muhim maslahat berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Baltimor shahridagi Morgan davlat universiteti binolaridan birida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar politsiyasi boshqarmasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, otishma oqibatida to‘rt kishi yaralangan.

Huquq-tartibot xodimlari talabalar va o‘qituvchilarni voqea joyidan uzoqroq turishga chaqirmoqda.

Hozircha hodisa yuzasidan hech kim hibsga olinmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida AQSHning Los-Anjeles shahri yaqinida sodir bo‘lgan ommaviy otishmada kamida 10 kishi halok bo‘lgandi. Fevralda esa Michigan universitetida qurollangan shaxs tomonidan uch kishi o‘ldirilgan va besh kishi jarohatlangandi. Mart oyida Neshvill shahridagi boshlang‘ich maktabda fojiali otishma bo‘ldi. Oqibatda 9 yoshli uch nafar o‘quvchi va uch nafar maktab xodimi halok bo‘ldi. Iyunda Amazon kompaniyasining haydovchi bo‘lib ishlaydigan 37 yoshli Tojikiston fuqarosi otib o‘ldirildi. Iyul oyida Baltimor shahrida joylashgan mavzelardan biridagi otishmada  2 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi yaralandi. Avgustda Florida shtatidagi savdo markazida yuz bergan otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi.  Kecha, 3 oktyabr kuni Tailanddagi savdo markazida 14 yoshli bola otishma sodir etdi, oqibatda kamida uch kishi o‘ldi, yana yetti kishi yaralandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh universitet otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing