AQSHdagi namoyishlarda karantin qoidalariga amal qilindi – Maykl Pens
Olam
−
11 iyun 2020
3695AQSH rasmiylari mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari tufayli koronavirus infeksiyasining yangi holatlari hali sezilarli darajada ko‘payganini qayd etmagan. Bunga sabab namoyishchilar niqob taqib, ijtimoiy masofani saqlagan. Bu haqda AQSH vitse-prezidenti Maykl Pens "Fox Business"ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Hozircha birinchi norozilik namoyishlari boshlanganidan ikki hafta o‘tgach, biz yangi holatlarni keskin ko‘payganini ko‘rmadik", deydi Pens.
Uning ta’kidlashicha, amerikalik mutaxassislar ushbu noroziliklarning fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini diqqat bilan kuzatmoqdalar.
"Aksariyat namoyishchilar himoya niqoblarini kiyib, ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilishgan", deydi vitse-prezident.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afroamerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turdi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan bo‘lsa ham huquq-tartibot idorasi xodimi bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.
Sud-tibbiy ekspertizasi Jorj Floyd boshqa yondosh kasalliklardan emas, aynan bo‘yin va yelkaning qattiq bosilishidan nafas ololmay o‘lganini ta’kidladi.
Amerika shaharlarida boshlangan taloto‘pda 11 kishi halok bo‘lgani aytildi. AQSHda boshlangan noroziliklar Fransiya, Gretsiya, Janubiy Afrika, qisman Buyuk Britaniya va Germaniyaga ham ta’sir qildi.
LiveBarchasi