AQSHda saylov. Tramp shtabi Nevada shtatiga qarshi sudga da’vo kiritdi
Olam
−
05 noyabr 2020
8784AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan amaldagi davlat rahbari Donald Trampning saylovoldi shtabi Nevada shtatida byulletenlarni sanashda nohaqliklar bo‘lgan deb ishonyapti va bu bo‘yicha shtatga qarshi sudga da’vo arizasi kiritdi.
Donald Trampning saylovoldi shtabi a’zosi, AQSH milliy razvedkasi rahbari vazifasini bajargan Richard Grenell Las-Vegasdagi matbuot anjumanida Nevada ovozlarni sanashdagi tovlamachiliklar bo‘lganini ta’kidlagan.
“Bu mamlakatda noqonuniy ovoz hisoblashga yo‘l qo‘yilmaydi va Nevadada xuddi shu narsa yuz bermoqda”, degan Grenell.
Avvalroq, Tramp shtabi Arizona va Nevada byulletenlarni sanash bo‘yicha sudga shikoyat qilish niyatida ekani aytilgandi.
Bungacha esa Tramp saylov shtabi 3 ta shtat – Jorjiya, Pensilvaniya va Michiganda byulletenlar qayta ishlanishi to‘xtatilishi talabi bilan sudga da’vo arizalari topshirgandi. Huddi shunday holat Viskonsinda ham yuz berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda Prezident saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni o‘tkazildi. Ammo pandemiya sharoitida pochta orqali ovoz berish yo‘lag qo‘yilgani bois, byulletenlar yetib kelishi vaqt olyapti va yakuniy natijalarni chiqarish ham cho‘zilyapti. Tramp esa bundan norozi. U saylov uchastkasi yopilganidan keyin kelgan byulletenlarni hisoblamaslikni talab qilyapti.
Qayd etish kerakki, Donald Tramp avvalboo‘dan bunday ovoz berish usuliga qarshi chiqqandi. U bu orqali saylov natijasi soxtalashtirilishi mumkinligidan xavotirda.
Ayni vaqtda Donald Tramp saylovchi kollegiyalarning 214 ta ovozini olgan. Uning raqibi Jo Bayden esa 264 ta shunday ovoz bilan oldinda boryapti. Baydenga g‘alaba uchun yana 6 ta ovoz kerak. Hozirda Jorjiya, Shimoliy Karolina, Nevada va Pensilvaniya shtatlarida byulletenlarni saralash ishlari davom etyapti. Avval boshda bu shtatlarda Tramp ustunlik qilgan bo‘lsa, borgan sari Bayden oradagi farqni qisqartiryapti.
LiveBarchasi