Kreml AQSHning yangi Prezidentini qachon tabriklashi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
14 noyabr 2020
7899Kreml Demokratlar partiyasidan AQSH Prezidentligiga nomzod Jo Bayden vakillari bilan aloqaga chiqmagan. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Yo‘q, bo‘lmadi”, degan Peskov Kreml AQSHdagi saylovdan keyin Bayden jamoasi bilan bog‘landimi degan savolga javoban.
Prezident vakili saylovlarning yakuniy natijasi e’lon qilinishi bilan Vladimir Putin AQSHning yangi Prezidentiga tabrik yo‘llashini ma’lum qildi.
“Agar biz to‘g‘ri tushunayotgan bo‘lsak, haligacha saylangan Prezident e’lon qilinmadi”, degan Peskov.
Avvalroq, Xitoy TIV vakili Jo Bayden va Kamola Xarrisni Prezident saylovida g‘alaba qozongani bilan tabriklagandi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham Baydenni tabriklab ulgurdi.
Amerikada ovozlarni sanash hamon yakunlanmagan va g‘olib ham rasman e’lon qilinganicha yo‘q. Ammo mamlakatdagi yetakchi ommaviy axborot vositalari Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qilib bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovi o‘tkazilgandi. Unda Donald Tramp va Jo Bayden davlat rahbari lavozimi uchun bellashdi.
LiveBarchasi