AQSH Bosh prokurori saylovdagi ehtimoliy tovlamachiliklar bo‘yicha tergov boshlashni buyurdi

Olam

image

AQSH Bosh prokurori Uilyam Barr butun mamlakat bo‘ylab barcha federal prokurorlarga Prezident saylovlarida sodir etilgan ehtimoliy qoidabuzarliklar haqidagi da’volar bo‘yicha tergov o‘tkazishni buyurdi. Bu haqda “Associated Press” agentligi xabar tarqatdi.

Bosh prokuror surishtiruv saylovda qoidabuzarlik bo‘lganini ko‘rsatuvchi dalillar ochiq va biror shtatdagi saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatsagina o‘tkazilishini ta’kidlagan.

Saylovdagi kelishmovchiliklarni hal qilish uchun shtatlarda dekabr oyining 8 sanasigacha vaqt bor. 14 dekabrda saylovchilar hay’ati uchrashuv o‘tkazib, unda ovoz berish natijalari rasman tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabr kuni o‘tkazildi. saylov natijalari rasman e’lon qilinganicha yo‘q. Ammo OAV Demokratik partiya nomzodi Jo Bayden g‘alaba qozongani haqida xabar bera boshlagan. Amaldagi Prezident Donald Tramp esa g‘amon mag‘lubiyatni tan olmagan. U saylovda qallobliklar bo‘lgan deb ishonmoqda va sudga shikoyat qilish niyatida.


Maqola muallifi

Teglar

AQShda saylov Uil'yam Barr

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing