Saylov mashmashalari ortidan AQSH Bosh prokurori muddatidan oldin ishdan ketmoqchi
Olam
−
07 dekabr 2020
3434Amerika Qo‘shma Shtatlari Bosh prokurori Uilyam Barr amaldagi Prezident Donald Trampning vakolat muddati tugashidan oldin o‘z lavozimidan ketishni o‘ylamoqda. Bu haqda “New York Times” o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.
Gazeta bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Barr 2020 yil oxiriga qadar Adliya vazirligini tark etishi mumkin, ammo u hali yakuniy qarorga kelmagan. Boshqa bir manbaning ta’kidlashicha, Barr prezidentlik saylovlarida firibgarliklar bo‘lmaganligini e’lon qilishdan oldin lavozimini tark etishni o‘ylamoqda.
Avvalroq, u Bosh prokuratura hamda FQB tomonidan olib borilgan tekshiruvlar o‘tgan prezident saylovlarida soxtalashtirishlar bo‘lganini aniqlamaganini ma’lum qilgan edi. Buning aksini talab qilayotgan Trampning saylovoldi shtabining ta’kidlashicha, bunday tekshiruvlar o‘tkazilmagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Bosh prokurori Uilyam Barr butun mamlakat bo‘ylab barcha federal prokurorlarga Prezident saylovlarida sodir etilgan ehtimoliy qoidabuzarliklar haqidagi da’volar bo‘yicha tergov o‘tkazishni buyurgan edi.
LiveBarchasi