Tramp yoki Bayden? AQSHda saylovchi kollegiyalar ishga kirishdi

Olam

image

Bugun, 14 dekabr kuni AQSHning sharqiy shtatlarida saylovchilar kollegiyasi 3 noyabrdagi prezidentlik saylovlari natijalariga ko‘ra, mamlakat Prezidenti va vitse-prezidentini saylashni boshladi.

Birinchilardan bo‘lib Vermont shtati kollegiyasida ovoz berildi. Barcha uch a’zo o‘z ovozini Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Baydenga bergan. Bu haqda “Washington Post” xabar berdi.

Bundan tashqari, yana 17 shtatda ham saylovchi kollegiya a’zolari ovoz berib bo‘lgan. 18 ta shtatdagi ovoz berish natijasiga ko‘ra, Bayden 97 ta ovoz bilan yetakchilik qilyapti. Tramp 56 ta ovoz yig‘gan.

AQSHda prezidentlikka nomzod 50 shtat va Kolumbiya okrugi o‘rtasida saylovchilarning ovozlarini ularning aholisiga mutanosib ravishda taqsimlaydigan Saylov kollegiyasi tizimi orqali Prezident bo‘ladi. Saylovchilar kollegiyasi 538 a’zodan iborat. 

Saylovchilar kollegiyasidagi ovozlar natijalari Kongress tomonidan 2021 yilning 6 yanvarida tasdiqlanadi.

Prezident inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi


Maqola muallifi

Teglar

AQShda saylov

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing