AQSHda maktabdagi otishmada bolalar halok bo‘ldi
Olam
−
28 mart 2023
12841Kecha, 27 mart kuni AQSHning Neshvill shahridagi boshlang‘ich maktabda fojiali otishma bo‘ldi. Oqibatda 9 yoshli uch nafar o‘quvchi va uch nafar maktab xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘sha maktabning sobiq bitiruvchisi 28 yoshli Odri Xeyl o‘qotar qurol bilan maktabga kirgan. Hujum 14 daqiqa ichida sodir bo‘lgan. U birinchi qavatda bir necha o‘q uzgan va ikkinchi qavatga ko‘tarilgan. O‘q ovozini eshitgan besh nafar politsiya xodimi ikkinchi qavatga chiqqan va jinoyatchini otib o‘ldirgan.
Rasmiylar Odri Xeyl hujum uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rgani, uning yonida maktabning kuzatuv va kirish nuqtalari batafsil chizilgan xaritasi borligini aniqlagan.
Mazkur otishmadan so‘ng AQSH Prezidenti Jo Bayden matbuot anjumani o‘tkazib, voqeani o‘ta qayg‘uli ekanini aytgan va Kongressni qurol xavfsizligi qonunchiligi bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishga chaqirgan.
“Biz qurolli zo‘ravonlikni to‘xtatish uchun ko‘proq harakat qilishimiz kerak. Bu bizning jamoalarimizni parchalamoqda, bu millatning ruhini yirtib tashlamoqda. Biz maktablarimizni qamoqxonaga aylanishidan himoya qilish uchun ko‘proq harakat qilishimiz shart”, degan Jo Bayden.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSHda sodir bo‘lgan seriyali otishmalar 18 kishining umriga zomin bo‘lgandi. Prezident Jo Bayden esa qurolga egalik qilish ustidan nazoratni kuchaytirishni nazarda tutuvchi farmonni imzolab, qurollar ustidan nazoratni kuchaytirmoqchiligini aytgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr