AQSHda 16 yoshli o‘zbekistonlik fura tagiga kirib ketdi

Olam

image

Kecha, 20 avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan 16 yoshli o‘smir furaning tagiga kirib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “News 12” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bruklin tumanida yashovchi Umidjon Jo‘rayev 2 do‘sti bilan skuterda uchayotganda yuk mashinasiga to‘qnashib ketgan. U olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan. U bilan bo‘lgan yana bir o‘smir jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan, boshqasi yengil jarohatlar olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Umidjon oilada yolg‘iz farzand bo‘lib, uning vafoti yaqinlarini chuqur qayg‘uga solgan. Bugun, 21 avgust kuni marhumning yaqinlari dafn marosimini o‘tkazish uchun Kensingtondagi masjidga yig‘ildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan politsiya 48 yoshli  yuk mashinasi haydovchisini  so‘roq qilmoqda. Ayni paytda u hibsga olinmagan va unga hech qanday ayblov qo‘ymagan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 17 iyul kuni Bruklinda samarqandlik 15 yoshli Faridun Mavlonov do‘stlari bilan maktabdan qaytayotgan paytda hujumchilarga duch kelgan va bola halok bo‘lgandi. Oradan bir yil o‘tib qotil topilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made