AQSHda 15 yoshli o‘zbekistonlikni otib o‘ldirgan qotil qo‘lga olindi

3-sahifa

image

2023 yilning 17 iyul kuni Bruklinda samarqandlik 15 yoshli Faridun Mavlonov do‘stlari bilan maktabdan qaytayotgan paytda hujumchilarga duch kelgan va bola halok bo‘lgandi. Oradan bir yil o‘tib qotil topildi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.

Bildirilishicha, politsiya 18 yoshli jinoyatchi Leopoldo Nesha Montoyeni Panamadagi qarindoshining uyida qo‘lga olgan. U o‘tgan hafta ikkinchi darajali qotillikda ayblanish uchun Nyu-Yorkka ekstraditsiya qilingan.

“O‘g‘limning qotili bilan yuzma-yuz kelsam, o‘zimga javob bera olmayman. Agar u ozodlikda bo‘lsa, boshqa bolalarni ham o‘ldirgan bo‘lardi. O‘g‘limni sababsiz o‘ldirdi. Bu menga juda og‘ir botdi”,  deydi marhumning otasi.

Eslatib o‘tamiz, Faridun Mavlonovning janozasi Sunset bog‘ida bo‘lib o‘tgan va unda Nyu-York meri Erik Adams qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing