AQSH Zelenskiy ustidan josuslik qilayotgan bo‘lishi mumkin – CNN

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvlaridagi suhbatlar tinglanayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Pentagonning internetga sizdirilgan hujjatlariga tayanib, CNN xabar berdi.

“AQSH Zelenskiy ustidan josuslik qildi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, biroq Ukraina rasmiylari ma’lumotlarning sizib chiqishidan qattiq hafsalasi pir bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Radiokuzatuv natijalari shuni ko‘rsatganki, Zelenskiy fevral oyi oxirida Rossiyaning Rostov viloyatidagi rus qo‘shinlari joylashtirilgan nuqtalarga dronlar yordamida zarba berishni taklif qilgan. Biroq Ukraina Qurolli Kuchlarida uzoq masofaga uchadigan qurollar yo‘q. Qo‘shma Shtatlar esa Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi raketa tizimlari bilan ta’minlashni istamayapti. Vashington buni Kiyev Rossiya hududiga zarba berish uchun ulardan foydalanishidan qo‘rqish bilan izohlashi mumkin.

Yana bir hujjatda aytilishicha, Xitoy Ukrainaning Rossiya ichidagi nishonlarga zarbalarini NATOni tajovuzkordek ko‘rsatish imkoniyati sifatida ishlatishi va agar u hujumlarni muhim deb hisoblasa, Rossiyaga yordamini oshirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda AQSH razvedkasining maxfiy hujjatlari paydo bo‘lgandi. Unda Vashington va uning ittifoqchilari tomonidan Ukrainaga yuboriladigan yordam jadvali kabi ma’lumotlar bor edi. Keyinroq amerikalik amaldorlar ushbu hujjatlar qalbaki bo‘lishi mumkinligini aytib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Zelenskiy josuslik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing