AQSH O‘zbekistonda bolalar paxta terimiga majburlanmayotganini olqishladi

Jamiyat

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekistonning “paxta boykoti”dan xalos bo‘lganini tarixiy yutuq deb baholab, buni boshqa mamlakatlarga namuna sifatida ko‘rsatdi.

Bu haqda u kecha, 1 mart kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulidan so‘ng jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida gapirgan.

“Bu tarixiy yutuq va boshqa mamlakatlarga namunadir. Natijada esa o‘zbekistonlik mehnatkashlar, korxonalar, fermerlar, oilalar hayotini sezilarli darajada o‘zgarmoqda. Ish haqi oshdi, suiste’mollik kamaydi, investitsiyalar ortib bormoqda. Har xil yoshdagi odamlar, jumladan, bolalar ham og‘ir sharoitda paxta terimiga majburlanmayapti”, degan AQSH Davlat kotibi.

Shuningdek, u Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohot dasturlari to‘liq amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

“O‘zbekistonning mehnat huquqlari sohasida erishgan yutuqlari ushbu islohotlar naqadar samarali ekanligini ko‘rsatdi. 11 yil davomida 300 dan ortiq xalqaro kompaniyalar bolalar mehnati va majburiy mehnat tufayli o‘z mahsulotlarida O‘zbekiston paxtasidan foydalanishdan voz kechgandilar. O‘zbekiston huqumati mahalliy va xalqaro mehnat uyushmalari tashkilotlari bilan, nafaqat yangi mehnat kodeksini qabul qilish, balki uni amalda tadbiq qilishni ta’minlash orqali ham bu qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun ish olib bordi”, deya qo‘shimcha qilgan Blinken. 

Ma’lumot uchun, 2022 yilning 10 mart kuni “Cotton Campaign” koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga 2009 yilda joriy etilgan boykotni bekor qilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu tarixiy voqea yuzasidan munosabat bildirib, bu natijaga qiyinchilik bilan erishilgani, uzoq yillar o‘zbek paxtasining o‘zi oq, lekin nomi “qora” bo‘lib yurgani, agar siyosiy iroda bo‘lmaganda, bular amalga oshmasligini aytgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Mijlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva esa bu tarixiy yutuqqa davlat rahbarining qat’iy siyosiy irodasi bilan birinchilardan bo‘lib majburiy mehnatga, ayniqsa bolalar mehnatiga batamom barham berish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilgani sabab erishilganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

majburiy mehnat paxta terimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing