“5 mln tonnalik natija şubha ostiga olinmoqda”. Qişloq xöjaligi vazirligi paxta xirmoni böyiça izoh berdi

O‘zbekiston

−

image

Özbekistonda paxta xirmoni 5 million tonnadan oşdi. Bu marra e’lon qilinganidan keyin ham hosilni yiğiş va qabul qiliş davom etmoqda. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.

Keça, 13 noyabrdagi elektron “Agrotarozi” platformasi ma’lumotlariga köra, mavsum boşidan 5 million 47 ming 95 tonna paxta tayyorlangan. Bu 4,5 million tonnalik şartnomaviy hajmning 112,2 foizidir. Şu kunlik hisobotda yana 2 ming 899 tonna paxta qayd etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim dalalarda hali paxta borligi körsatilib, beş million tonnalik natija şubha ostiga olinmoqda. Qayd etilişiça, bu yerda muayyan sanagaça yiğilgan jami hosil va barça dalalarda terimning yakunlanişiga boğlab körsatilayotgani barçani çalğitmoqda va natijalarni şubha ostiga qöymoqda. Mamlakat böyiça belgilangan marraga yetiş har bir maydonda terim tugaganini bildirmaydi.

Bildirilişiça, 12 oktyabr holatiga 3,4 million tonna paxta yiğilgan. 22 oktyabrda bu hajm 4 million 630 ming tonnaga yetgan. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 4 noyabrdagi tabrigida beş million tonnadan ziyod xirmon e’tirof etilgan. 13 noyabrdagi jamlanma esa 5 million 47 ming 95 tonnaga yetgan. Bu xabarlar turli sanalardagi natijalarni ifodalaydi. Ularning ortib borişi terim va qabul davom etganini aks ettiradi

“4,6 million tonnalik joriy yilning dastlabki prognoz hajmi ham hosilning eng yuqori çegarasi emas. Undan ortiq paxta yetiştirilişi yoki qabul qilinişida mantiqiy ziddiyat yöq. Şuning uçun dalada paxta borligining özi avval qabul qilingan hosil yöq, degan xulosaga asos böla olmaydi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Buxoro viloyati böyiça bugungi hisobotning özida mavsum boşidan 530 ming 677 tonna, kunlik ustunda esa 1 ming 228 tonna paxta qayd etilmoqda. Bu mavsum oldidan közlangan 442 ming tonnalik marradan 88 ming 677 tonna köp. Demak, beş million tonnalik marradan keyin ham aksariyat hududlarda terim davom etmoqda. Bu viloyat körsatkiçi Ğijduvondagi muayyan dala haqidagi murojaatning barça savollariga javob bermaydi. Ammo “marra e’lon qilingaç, ortiqça paxta keraksiz bölib qoldi” degan umumiy talqinni ham tasdiqlamaydi.

“Daladagi har bir hosil qadrli. Keçikayotgan terim, texnika yoki işçi kuçi yetişmasligi haqidagi aniq murojaatlar e’tiborga loyiq. Bunday muammoni kötariş bilan birga, butun mamlakat hosilini dalilsiz inkor etişga bu qadar ehtirosli yondaşmaslik maqsadga muvofiq.

Öylab köring, nega şu fermerning paxtasi bu qadar keçgaça terilmay qolib ketdi? Videolavhaning özidan körinib turibdiki, dalada kösaklar oçilgan bölsa-da, ğöza hali bargi bilan turibdi. Masalaga çuqurroq qaralsa, fermer bu yil aksariyat dalalarda qöllanilgan “ğözani qaritib, erta pişiriş” agrotexnologiyasiga amal qilmagan yoki ğözani keç ekkan bölişi mumkin (aslida buğdoy tagiga, takroriy ekilgan dala bölgan). Aks holda, boşqa dalalardagidek, hosil öz vaqtida qiyğos pişib, 35 kunlik davrda maşinada terib olinişi mumkin edi”, deyiladi xabarda.

11 noyabr holatidagi videolavhada ham dalada hali köm-kök kösaklar va barglar saqlanib qolgani közga taşlanadi. Bu esa ğözaning pişişini tezlaştiriş va defoliatsiya jarayonlariga oid agrotexnik tadbirlar öz vaqtida bajarilmagan bölişi mumkinligini körsatadi. Jumladan, “Etefon” va “Avguron” preparatlari bilan işlov berilişiga e’tibor berilganligi ham asosiy masalalardan biridir.

Bildirilişiça, vazirlik tomonidan paxtaçilikda yuqori hosildorlikka erişişning 8 ta muhim qonuni işlab çiqilib, fermerlarga yetkazilgan. Biroq har qanday ilmiy tavsiya va agrotexnologiya, avvalo, amaliyotda öz vaqtida va töğri qöllanilgandagina samara beradi. Bu jarayonda fermerning ham mas’uliyati katta. Davlat va soha mutaxassislari tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajariş va hosilni öz vaqtida yiğib oliş har bir fermerning bevosita vazifasi.

“Endi havo yomonlaşdi, dalaga oğir maşina kirişi amrimahol. Yomoni, avvalgidek terimçining özi yöq. Bargi tökilmagan paxtazorni maşinada terişning özi ham katta masala. Bunday keçikkan dalalarimiz, afsuski, bor. Fermerlarimiz yondaşuvini özgartirmas ekan, boşqalarning yordami ham kutilgan samarani bermaydi.

Aslida, avvalgi yillarda dalalarimiz ham Ğijduvondagi şu dala kabi edi va biz paxtani qor yoqqunça terişga çiranaverdik. Şuning uçun 1 avgustdan boşlab qöllaniladigan “erta pişiriş agrotexnologiyasi” Özbekiston paxtaçiligi uçun öta muhimligini yana bir bor qayd etmoqçimiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing