O‘zbekistonda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilda O‘zbekistonda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi. Bu haqda Prezidentning kecha, 13 mart kuni qabul qilingan “Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. 

Qayd etilishicha, ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalash darajasini oshirish, jumladan, 2026 yilda paxtani mashinalar yordamida terib olish ulushini 70 foizgacha yetkazish etib belgilangan.

Qarorga ko‘ra, 2026 yilda qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari xaridini moliyalashtirish uchun davlat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kredit liniyalari hisobidan tijorat banklari orqali 400 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda mablag‘lar yo‘naltirilishi ta’minlanadi.

Tijorat banklari barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari xaridi uchun 10 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bank asosiy stavkaga 4 foiz bank marjasi bilan milliy valyutada kreditlar ajratadi. 

2026 yildan imtiyozli kredit va lizing shartlari asosida yetkazib beriladigan paxta va g‘alla kombaynlari bo‘yicha kredit va lizing to‘lovlarini to‘lash muddati ushbu texnikalarni xarid qiluvchilar uchun yiliga 2 marta 31 yanvar hamda 31 iyul sanalari etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

paxta paxta mashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing