AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi – Oq uy

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qurol va harbiy texnika yetkazib berishni to‘xtatdi, chunki bunday dasturlar uchun byudjet mablag‘lari yetarli emas. Buni jurnalistlar uchun navbatdagi brifingda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi bildirdi.

"Biz Ukraina uchun so‘nggi to‘lov paketini e’lon qildik", degan Kirbi.

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaning AQSH qurollariga ehtiyoji aynan hozir – qish oylarida keskin ortgan.

Taxminan to‘rt oy oldin rasmiy Vashington mamlakat Kongressiga birinchi navbatda, Isroil va Ukrainaga yordam berish, shuningdek, Xitoy va Rossiyaga qarshi kurashish uchun Osiyo-Tinch okeani mintaqasini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish so‘rovini yubordi.

So‘rov va muqobil qonun loyihalari taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Shuningdek, Vakillar palatasi va Senatdagi bir qator respublikachilar yaqinda Kiyevga moliyaviy yordamning davom etishiga qarshi chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Pentagon AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shimcha mablag‘ ajratishni ma’qullamasa, uning Kiyevga yordam berish imkoniyati 2023 yilning 30 dekabrida tugashi haqida ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qurol Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing