AQSH “Tolibon” yetakchisi haqidagi ma’lumot uchun mukofot va’da qilgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image
“Biz bunga kuch bilan javob beramiz”. Bayden Qobuldagi portlashlar bo‘yicha bayonot berdi north_east

“Biz bunga kuch bilan javob beramiz”. Bayden Qobuldagi portlashlar bo‘yicha bayonot berdi

“Tolibon” harakati rahbarlaridan biri Xalil ur-Rahmon Haqqoniy 10 yil oldin AQSH hukumati tomonidan qidiruvga berilgan. NBC telekanali xabar berishicha, AQSH uning ushlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot e’lon qilgan.  

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH 2011 yilda Haqqoniyni terrorchi deb e’lon qilgan. Davlat departamenti xabariga ko‘ra, Haqqoniy “Al-Qoida” nomidan ishlagan va tashkilotning terrorchilik operatsiyalari bilan aloqasi bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, Haqqoniy keng ko‘lamli odam o‘g‘irlash doirasida amerikaliklarni o‘g‘irlash kabi jinoyatlarga aloqador. Bundan tashqari, katta yetakchi tinch aholiga qarshi xudkushlik hujumlarini ma’qullagan guruh operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tolibon

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing