AQSH sobiq SSSR hududida faollashmoqda – ekspert

Olam

image
AQSH-Xitoy “sovuq urushi” yoxud Baydenga qolgan og‘ir kelajak north_east

AQSH-Xitoy “sovuq urushi” yoxud Baydenga qolgan og‘ir kelajak

AQSHning yangi ma’muriyati sobiq SSSR hududida, ayniqsa Rossiyaning g‘arbiy chekkasida o‘z harakatlarini kuchaytirmoqda. Bu haqda Rossiya Xalqaro ishlar kengashi Bosh direktori Andrey Kortunov yil yakunlari bo‘yicha sobiq SSSR hududiga bag‘ishlangan onlayn-konferensiya paytida so‘z ochdi.

“Jo Bayden uchun sobiq SSSR hududi, xususan Rossiya Federatsiyasining g‘arbiy periferiyasi Donald Trampga qaraganda ko‘proq ahamiyatga ega”, deydi ekspert.

Kortunovga ko‘ra, sobiq SSSR hududida Amerikaning yanada faol harakatlari, xususan, ushbu mamlakatlar hukumati bilan jiddiy aloqalar o‘rnatishi, yumshoq diplomatiya vositalaridan yanada ko‘proq foydalanishi hamda axborot urushini ko‘rishimiz mumkin.

Siyosatchi G‘arb o‘z ta’sirini kuchaytirishi uchun yetarli resurs va siyosiy irodaga ega emasligini qo‘shimcha qildi.

“Shuning uchun bu hududdagi (Rossiyaning g‘arbidagi davlatlar hududi – tahr.) Rossiya va G‘arb munosabati, ehtimol, kuchlar muvozanati emas, balki zaif tomonlar muvozanatiga asoslanadi”, deydi ekspert.

Uning fikriga ko‘ra, Rossiya sobiq SSSR hududida G‘arbdan boshqa kuchlarning, xususan, Markaziy Osiyoda Xitoyning, Janubiy Kavkazda Turkiyaning ta’siri ortishiga toqat qila boshlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya sobiq SSSR

Baholaganlar

690

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing