AQSH-Rossiya muzokaralarining birinchi sessiyasi yakunlandi
Olam
−
18 fevral 2025 8257 1 daqiqa
Bugun, 18 fevral kuni Ar-Riyoddagi Rossiya-Amerika uchrashuvi ishtirokchilari muzokaralarning birinchi qismini yakunladilar. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Uchrashuv Saudiya podshohi saroylaridan biri – Albasatin majmuasidagi Diriyahda bo‘lib o‘tdi.
“Birinchi ertalabki sessiya yakunlandi va tomonlar ishchi tushliklarini boshladi”, dedi Zaxarova brifingda.
Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar bugun ertalab mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da Ar-Riyodda boshlandi. Taxminan 2,5 soatdan so‘ng tomonlar 15 daqiqalik tanaffusga chiqishdi, shundan so‘ng muzokaralar tushlikkacha davom etdi.
Rossiya tomonidan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov va Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ishtirok etmoqda.
AQSH delegatsiyasi tarkibida Davlat kotibi Marko Rubio, Prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uals va AQSH yetakchisining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoff bor.
Live
Barchasi