AQSH Rossiya dengiz flotini yo‘q qilish choralarini ko‘rib qo‘ygan – “Forbes”

Olam

image

Amerikaning B-1B Lancer strategik bombardimonchilari Qora va Boltiq dengizidagi Rossiya flotini yo‘q qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bu haqda “Forbes” jurnali yozmoqda.  

Ta’kidlanishicha, B-1B Lancer yaqin yillarda AQSH raqiblarining dengiz kuchlarini qo‘rqitish uchun qo‘llaniladi. Bunga 2017 yilda ushbu bombardimonchilar 24 tagacha uzoq masofaga uchuvchi LRASM (Long-Range Anti-Ship Missile) kemalarga qarshi raketalarni tashishga yordam bergan. 

“Bir juft B-1 Rossiya Boltiq floti bo‘ylab 48 ta LRASM raketasini o‘qqa tuta oladi. Bu butun flotni bir vaqtning o‘zida cho‘ktirish hamda AQSH va mintaqadagi ittifoqchilarning kemalari uchun katta xavfni bartaraf etishga yetarli”, deyilgan xabarda. 

Nashrning qayd etishicha, Rossiya flotiga zarba berish uchun Amerika bombardimonchilari Rossiya Federatsiyasi davlat chegaralarini buzishi shart emas. 

Avvalroq, NATO harbiy-siyosiy alyansiga a’zo davlatlarning Mudofaa vazirlari Rossiyaning Yevropaga qilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy hujumiga qarshi turish uchun yangi rejani tasdiqlashni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

643

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing