AQSH Rossiya bilan yaqinlashgani uchun Turkiyani jazolashi mumkin

Olam

image
Turkiya ustidan mazax: Rossiya urib tushirilgan “Bayraktar”ni namoyishga qo‘ydi north_east

Turkiya ustidan mazax: Rossiya urib tushirilgan “Bayraktar”ni namoyishga qo‘ydi

Oq uy AQSH kompaniyalariga Anqara va Moskva “rasmiy iqtisodiy hamkorlik”ga kirishsa, Turkiya bilan biznesni qisqartirishni tavsiya qilishi mumkin. Bu haqda “Politico” gazetasi kecha, 17 avgust kuni AQSH ma’muriyatidagi manbaga tayanib, xabar berdi.

“Biz Turkiya biznes va kapital uchun global tortishish markazi bo‘lishi kerak deb o‘ylaymiz, ammo Rossiya bilan yaqin munosabatlar Turkiyaning dunyo bilan integratsiyalashuvi uchun real xavflarni keltirib chiqaradi”, deydi manba. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Rossiya o‘rtasida yanada yaqinlashuv kuzatilsa, Anqaraga to‘lovlarni dollarda amalga oshirish taqiqlanishi mumkin.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin 5 avgust kuni Sochida muzokara o‘tkazdi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro savdoda milliy valyutaga o‘tish va tovar ayirboshlashni 100 mlrd dollarga yetkazish haqida qaror qabul qilingan. Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak, turk tomoni ham Rossiya gazi uchun to‘lovni qisman rublda amalga oshirishga roziligini bildirdi.

Avvalroq AQSH Rossiya bilan qurollanish sohasida hamkorlik qilgani uchun Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi. Turkiya Rossiyada ishlab chiqarilgan S-400 zenit-raketa komplekslarini sotib olgan. Shu munosabat bilan AQSH Turkiyani F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqarib yubordi.

Qayd etish kerakki, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan, Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ammo Turkiya ularning hech biriga qo‘shilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Turkiya

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing