Bayden va Erdo‘g‘an Kobul aeroporti borasida kelishib oldi — Oq uy

Olam

image

Afg‘onistondan NATO kuchlari chiqarilgandan keyin Turkiya Hamid Karzay nomidagi Kobul xalqaro aeroporti xavfsizligini ta’minlashda yetakchi rol o‘ynaydi. Bu haqda AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va AQSH Prezidenti Jo Bayden Bryusselda o‘tan ilk ikki tomonlama uchrashuvda shunga kelishib olgan. Prezidentlar Turkiya harbiy missiyasini shakllantirishni ta’minlash uchun belgilangan vaqtgacha AQSH Afg‘onistondan barcha kuchlarini olib chiqib ketguncha "birgalikda ishlashga kelishib olganlar".

“Prezident Erdo‘g‘an bu uchun [Turkiyaga] ma’lum shaklda yordam kerakligini aytgan va Prezident Bayden bunday yordam ko‘rsatilishini va’da qilgan”, deydi Sallivan.

Unga ko‘ra, hozirgi paytda ikki mamlakat vakillari Prezidentlar ko‘rsatmasiga binoan kelishuvni amalga oshirish tafsilotlarini ishlab chiqmoqdalar.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Turkiya

Baholaganlar

160

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing