Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasida AQSHga va’da berdi
Olam
−
22 avgust 2022
14677Rasmiy Anqara Turkiyadagi hech qanday shaxs yoki muassasa Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishida yordam berishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Turkiya Moliya vaziri o‘rinbosari Nyunus Elitash AQSH Moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyemo bilan telefon orqali muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.
AQSH Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, Elitash Adeyemoni rasmiy Anqara hech bir shaxs yoki muassasaga Turkiyada sanksiyalarni chetlab o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligiga ishontirgan. Uning ta’kidlashicha, bu pozitsiya Rossiya va Ukraina bilan “chuqur iqtisodiy va siyosiy” aloqalar hamda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qurolli mojaroni hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatlari fonida shakllangan.
Mart oyi boshida Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishdan bosh tortdi va bu qarorini Ukrainaning qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, “ko‘priklarni yoqish”ni istamasligi bilan izohladi. Anqara o‘z manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilmoqchi, shu bilan birga Moskva bilan muzokara olib boradigan tomon bo‘lishi kerak, degan o‘shanda Erdo‘g‘anning vakili Ibrohim Kalin.
Moskva va Anqara o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning chuqurlashishi G‘arb davlatlari rasmiylarida xavotir uyg‘otyapti, ular Anqaraga qarshi ikkilamchi sanksiyalar xavfiga ishora qildi, deb yozdi “Financial Times” avgust oyi boshida. Gazeta suhbatdoshlaridan biri Anqara Moskva bilan neft va gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazish va siyosiy sohada hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga kirigsa, G‘arb davlatlari o‘z ishbilarmonlarini Turkiya bozorini tark etishga undashi yoki undagi ishtirokini kamaytirishi mumkinligini ta’kidladi. Agar G‘arb banklari va kompaniyalari bunday talabni bajarsa, Turkiyaning iqtisodiy zarari 800 milliard dollarni tashkil qiladi, deb hisoblaydi “Financial Times”. Nashr manbasiga ko‘ra, bunday chora “Turkiyaning Rossiya bilan munosabatlarini kengaytirishi tufayli yuzaga keladigan xavfni hisobga olgan holda” tasdiqlanishi mumkin.
LiveBarchasi