AQSHning Turkiyadagi vakolatxonalari vaqtinchalik yopildi

Olam

image

AQSHning Turkiyadagi elixona va konsulxonasi Prezident Jo Bayden Usmonli imperiyasi davrida arman genotsidi uyushtirilganini rasman tan olganidan so‘ng ehtimoliy noroziliklar sabab faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.

Turkiyadagi Amerika diplomatik vakolatxonalari ehtiyot chorasi sifatida 26-27 aprel kunlari ishlamaydi.

“AQSHning Anqaradagi elchixonasi, Istanbuldagi Bosh konsulxonasi, Adandagi konsulxonasi va Izmirdagi konsullik agentligi dushanba, 26 aprel va seshanba, 27 aprel kunlari Qo‘shma Shtatlar fuqarolariga viza berish va boshqa xizmatlar uchun yopiq bo‘ladi”, deyilgan xabarda.

Agarda amerikaliklarga yuqorida sanalgan idoralarning xizmati favqulodda muhim bo‘lsa, ular eng yaqin konsullik bo‘limiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, AQSH vakolatxonalari atrofida yurmaslik, amerikaliklar va boshqa xorijliklar to‘planadigan joylarda ehtiyot choralariga amal qilish tavsiya qilingan.

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden XX asr boshida Usmonli imperiyasida yuz bergan xunrezlikni arman genotsidi deb tan olgani xabar qilingandi.

Keyinroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li rasmiy Anqara bu bayonotni rad etishini ma’lum qildi. Amerikaning Turkiyadagi elchisi TIVga chaqirtirilib, unga norozilik bildirildi.


Maqola muallifi

Teglar

genotsid AQSh-Turkiya

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing