Bayden Yevropaga safari davomida Erdo‘g‘an bilan uchrashadigan bo‘ldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden joriy yilning 14 iyun kuni NATO sammiti davomida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan ham urashadi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Tomonlar uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.

Oq uyning ma’lum qilishicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden keyingi haftada o‘zining birinchi xorijiy safariga ketishga tayyorlanmoqda. Safar davomida u Buyuk Britaniya, Belgiya va Shveysariyada bo‘ladi.

Bayden safari davomida ko‘plab davlatlar rahbarlari bilan uchrashishi va ularga Amerika ittifoqchilik munosabatlarini tiklash yo‘lida sobitligini aytishi kutilmoqda.

10 iyun kuni u Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan muzokara o‘tkazadi. 13 iyunda esa AQSH rahbari Vindzor qasrida qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashadi.

Shundan so‘ng u Bryusselga yo‘l oladi va 14 iyun kuni u yerda NATO sammitida ishtirok etadi.

16 iyun kuni esa xalqaro hamjamiyat diqqat markazida turgan AQSH-Rossiya sammiti o‘tkaziladi. Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Tashrif davomida AQSH yetakchisi Jeneva shahrida Shveysariya Prezidenti Gi Parmelin va Tashqi ishlar vaziri Ignatsio Kassis bilan uchrashishi rejalashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an AQSh-Turkiya Jo Bayden

Baholaganlar

94

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing