AQSH Rossiya banklariga qarshi sanksiyalar tayyorladi 

Olam

image

AQSH ma’muriyati Moskvaga qarshi sanksiyalar tayyorladi. Bu Amerika banklariga Rossiyaning yirik banklari uchun tranzaksiyalarni qayta ishlashni taqiqlashdan iborat. Bu haqda “Reuters” manbalarga tayanib yozgan.  

Ta’kidlanishicha, gap Vashington faqat Rossiyaning Ukrainaga “bosqin”i munosabati bilan foydalanadigan “dastlabki” cheklov choralari to‘plami haqida ketmoqda. Ushbu chora-tadbirlar tomonlarning banklari o‘rtasidagi global pul oqimlarining asosi bo‘lgan “korrespondent” munosabatlarini buzish orqali Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkazishga qaratilgan. 

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning ayrim jismoniy shaxslari va kompaniyalariga nisbatan ham ularni qora ro‘yxatga (SDN ro‘yxati) kiritish orqali sanksiyalar qo‘llash niyatida, bu ularni Amerika bank tizimidan chiqarib tashlaydi, AQSH fuqarolari bilan savdo qilishni taqiqlaydi va Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarini muzlatib qo‘yadi. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH vitse-prezidenti Kamola Xarris agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, AQSH va uning ittifoqchilari Moskvani misli ko‘rilmagan darajada yuqori badal to‘lashga majbur qilishini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing