AQSH Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘zbek xalqiga hamdardlik bildirdi (video)
Jamiyat
−
06 may 2020
11671AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor Jenson Boyls O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga videomurojaat yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Butun dunyoga, xususan, O‘zbekiston va Missisipi ham global pandemiya davrida biz shtat milliy gvardiyasi nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga va O‘zbekiston xalqiga ta’ziya bildiramiz.
Yaqinda Buxoro va Sardobadagi favqulodda vaziyatlar falokatli bo‘ldi. Bilasizmi, biz voqea joyida qutqaruv ishlarini olib borayotgan davlat organlari xodimlari, Milliy gvardiya va, albatta, ushbu voqealardan jabrlanganlarning oilalariga hamdardmiz. Sizga eng yaxshi tilaklarimizni yo‘llaymiz”, dedi general-mayor Jenson Boyls.
Ma’lumot o‘rnida, Sirdaryo viloyati “Sardoba” suv omborida yuz bergan favqulodda hodisa oqibatida mazkur hududda qutqaruv ishlarini olib borayotgan Milliy gvardiyaning ikki nafar xodimi halok bo‘ldi.
Ayni kunlarda falokat joyida Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya va boshqa davlat xizmatlarining 2 mingga yaqin maxsus texnikasi ishlamoqda.
LiveBarchasi