AQSH Markaziy Osiyoga kiritgan investitsiyaning 99 foizi bir davlatga yo‘naltirilgan
Olam
−
25 Oktabr
22924AQSH Markaziy Osiyoga so‘nggi 24 yillik davrda 44 dan 51 milliard dollargacha investitsiya kiritgan. Bu haqda kecha, 24 oktyabr kuni Bishkek investitsiya forumi doirasida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyoning investitsion salohiyati” yalpi majlisida Biznesni rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha kengash kotibiyatining raqamli rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi Bakit Omurzoqov ma’lum qildi.
U forum doirasida mintaqaga AQSH tomonidan kiritilgan investitsiyalar tahlil qilingan dastlabki tadqiqotni taqdim etdi.
“Men sizning e’tiboringizni 2000 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davrda kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmiga qaratmoqchiman – 44 dan 51 milliard dollargacha. Bu raqamlar turli tadqiqotlarga qarab o‘zgarib, 44, 46 yoki 51 milliard dollarni tashkil etadi. Markaziy Osiyoga 97 ta kompaniya investitsiya kiritgan va ular 155 xil turdagi loyihalarni amalga oshirgan”, dedi Omurzoqov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu investitsiyalarning 99 foizi Qozog‘istonga yo‘naltirilgan.
“Bu neft, gaz va tog‘-kon sanoati bilan bog‘liq bo‘lib, yirik kompaniyalar katta mablag‘larni jalb qilgan”, dedi u.
Omurzoqov, shuningdek, Markaziy Osiyoga asosiy investitsiyalar Kaliforniya va Nyu-York shtatlari kompaniyalaridan kelganini ta’kidlagan. Bu ko‘rsatkichni tahlil qilish uchun Markaziy Osiyoning 100 ga yaqin kompaniyasi o‘rtasida so‘rov o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Savdo palatasi katta vitse-prezidenti Xush Choksi Olmaotaga ishchi tashrifi chog‘ida Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha halol tender o‘tkazilishiga umid qilayotgani va unda ishtirok etishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi