AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonda qoladimi yoki o‘z vaqtida ketadimi? Bayden oydinlik kiritdi
Olam
−
19 avgust 2021
13070Avvalroq “Tolibon” Afg‘onistondagi AQSH askarlariga hujum qilmaslikka va’da berib, amerikaliklar kelishuvga ko‘ra, belgilangan muddatda mamlakatni butunlay tark etishi kerakligini eslatgandi.
AQSH Prezidenti Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida mintaqani to‘liq tark etish masalasiga to‘xtalib, Amerika harbiylari mamlakat fuqarolari to‘liq evakuatsiya qilinmaguncha Afg‘onistonda qolishini aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, rasmiylar qo‘shinlarni tasdiqlangan muddat ichida – 31 avgustgacha olib chiqishga harakat qiladi. Ammo agar shu vaqtgacha amerikaliklarning barchasini Afg‘onistondan olib chiqishning iloji bo‘lmasa, unda harbiylarning qolish muddati uzaytiriladi.
Bayden, shuningdek, hozirda mamlakatda 10-15 minggacha AQSH fuqarolari borligini aytib, aniqlik kiritgan. Bundan tashqari, AQSH hukumati mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan 50-65 ming afg‘onni ham evakuatsiya qilmoqchi. Oq uy rahbarining qo‘shimcha qilishicha, agar kuniga 5-7 ming kishi evakuatsiya qilinsa, oy oxirigacha barcha ishni yakunlash mumkin.
Elatib o‘tamiz, “Tolibon” joriy yilning 15 avgust kuni butun Afg‘oniston hududini o‘z nazoratiga olganini va hukumat kuchlari bilan qurolli to‘qnashuv tugaganini xabar qildi. Bugun, 19 avgust kuni esa harakat mamlakatning Buyuk Britaniya mustamlakasidan ozod bo‘lganining 102 yilligi munosabati bilan Afg‘onistonni Islom Amirligi, deb e’lon qildi.
2001 yil Afg‘onistonga kirgan AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlarining asosiy qismi mamlakatni tark etdi. G‘arb davlatlarining Qobulda qolgan kuchlari diplomatlarni va o‘zlariga yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qilish bilan band. “Tolibon” siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda 20 yil davom etgan urush tugaganini e’lon qildi.
LiveBarchasi