“Tolibon” Afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qildi
Olam
−
16 avgust 2021
24645“Tolibon” vakillari Afg‘onistonda 20 yildan beri davom etayotgan urush tugaganini e’lon qildi. Qobul ustidan nazorat o‘rnatgan harakat vakillari tez orada mamlakatda hukumatni boshqaruv shaklini belgilab oladi. Bu haqda TASS “Tolibon”ning Qatardagi siyosiy idorasi rasmiy vakili Muhammad Naim “Al Jazeera”ga bergan intervyusiga tayanib, xabar bermoqda.
“Afg‘onistonda urush tugadi. Biz to‘g‘ri yo‘l bilan mamlakatimiz ozodligi va xalqimiz mustaqilligiga erishdik”, deydi Naim.
Muhammad Naim ishonch bilan mamlakat xavfsiz va korrupsiyadan holi bo‘lishini aytgan. Bundan tashqari, u “Tolibon” “chet el fuqarolari va mamlakatdagi diplomatik missiyalar a’zolarining”, shuningdek “Tolibon” bilan muloqot qilmoqchi bo‘lgan har qanday siyosatchining xavfsizligini ta’minlashga va’da berdi.
Ma’lumot uchun, kecha Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyati o‘rnatildi. Harakat butun mamlakat bo‘ylab nazorat o‘rnatilganini e’lon qildi. Shundan so‘ng, Qobul taslim bo‘lishi bilan Prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, Tojikistonga jo‘nab ketgani aytildi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etib, rafiqasi bilan O‘zbekiston poytaxta Toshkentda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi