AQSH qachon yana yadro bombasidan foydalanishi mumkinligi aytildi

Olam

image

Vashington yadro qurolidan faqat favqulodda vaziyatlarda foydalanishi mumkin. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga (YAQTSH) a’zo davlatlar konferensiyasidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

“Qo‘shma Shtatlar yadro qurolidan faqat favqulodda vaziyatda, Amerika Qo‘shma Shtatlari, ittifoqchilar va sheriklarning hayotiy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishni ko‘rib chiqadi”, degan Blinken.

Uning ta’kidlashicha, AQSH strategik yadroviy kuchlarining roli Amerikaga, shuningdek, uning ittifoqchilari va sheriklariga yadroviy hujumlarning oldini olishdan iborat.

Aprel oyida AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainadagi janglar tufayli yadro qurolidan foydalanish imkoniyati muhokama qilinmasligini ochiqlagandi.

“Bunday ritorika xavfli va foydali emas. Hech kim g‘oliblar bo‘lmaydigan yadro urushini xohlamaydi”, degan AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga a’zo davlatlar konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida yadro urushi hech qachon boshlanmasligi kerakligini aytgandi.

Qayd etish kerakki, AQSH yadro qurolidan foydalanishda amaliy tajribaga ega yagona davlat hisoblanadi. Amerika Ikkinchi jahon urushi vaqtida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh yadro quroli

Baholaganlar

617

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing