AQSH Eronning “soyadagi neft floti”ga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Olam
−
25 fevral
2221AQSH Eronning neft va neft-kimyo sanoati kompaniyalari va unga aloqador shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 24 fevral kuni Qo‘shma Shtatlar Eron neft sanoatiga qarshi sanksiyalarning yangi bosqichini joriy qilib, Eron neftini tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar, tanker operatorlari va yuk tashish kompaniyalariga Eron neftini sotish va tashishdagi roli uchun sanksiya kiritgan.
“Eron o‘zining neft savdosini osonlashtirish va faoliyatini moliyalashtirish uchun kemalar, yuk jo‘natuvchilar va brokerlarning yashirin tarmog‘iga tayanishda davom etmoqda. Qo‘shma Shtatlar Eron neft ta’minoti zanjirining barcha tarmoqlarini nishonga olish uchun mavjud vositalarining barchasini qo‘llaydi va Eron nefti bilan shug‘ullanadigan har bir kishi o‘zini jiddiy sanksiyalar xavfiga duchor qilgan bo‘ladi”, deydi AQSH Moliya vaziri Skott Bessant.
Qayd etilishicha, neft Eron uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi. Xitoy AQSH sanksiyalarini tan olmaydi va Eron neftini eng ko‘p Xitoy firmalari sotib oladi. Xitoy va Eron yuandan va vositachilar tarmog‘idan foydalanadigan savdo tizimini qurib, dollar va AQSH regulyatorlari ta’siridan qochadi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning fevral oyi boshida Tramp Eronda neft eksportini nolga tushirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni o‘z ichiga olgan “maksimal bosim” kompaniyasini tiklagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Moliya vaziri Skott Bessant AQSH Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqchiligini, oqibatda Tehron hozirgi eksportining atigi 10 foizidan kamrog‘ini sotish imkoniyatiga ega bo‘lishini, zarur bo‘lsa, Rossiyaga ham shunday qattiqroq choralar qo‘llanishi mumkinligini aytgan edi.
Bunyod Keldiboyev
LiveBarchasi
Trenddagilar


