AQSH Eronga zarba berib xalqaro huquqni buzdi – Shimoliy Koreya
Olam
−
23 iyun 11414 2 daqiqa
Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi AQSHni Eronga qilingan hujumlari uchun qoraladi, shuningdek, AQSH va Isroilni Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada og‘irlashtirishda aybladi. Bu haqda KXDR TIV vakiliga tayanib, Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berdi.
“KXDR AQSHning Eronga qilgan harbiy hujumini BMT Nizomining qo‘pol buzilishi sifatida keskin qoralaydi. Davlatlarning hududiy yaxlitligi va mustaqilligiga qarshi qaratilgan kuch ishlatish va tegishli tahdidlar BMT Nizomiga ziddir”, deyiladi KXDR Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Qayd etilishicha, Yaqin Sharqdagi vaziyatning og‘irlashishiga Isroil va AQSH “tinchlikni saqlash” va “tahdidni yo‘q qilish” bahonasi va Isroilning hududlarni kengaytirish istagi sabab bo‘lgan.
“Isroil va AQSH “tinchlikni saqlash” va “tahdidni yo‘q qilish” bahonasida jismoniy kuch ishlatdi. Isroilning maqsadi hududlarni kengaytirishdir” deydi KXDR Tashqi ishlar vazirligi vakili.
Shuningdek, bayonotda xalqaro hamjamiyat bir ovozdan “AQSH va Isroilning dushmanlik harakatlarini” qoralashi kerakligi ham ta’kidlanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 iyun kuni bir haftadan beri davom etayotgan Eron-Isroil urushiga AQSH ham qo‘shildi. Amerika samolyotlari Erondagi uchta yadroviy ob’ekt – Fordo, Natanz va Isfaxonga zarba berdi.
Shundan keyin, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSHning Eron yadroviy inshootlarini bombardimon qilishini mintaqadagi xavfli avj olish va tinchlik hamda xavfsizlikka bevosita tahdid deb atadi.
Dilshod Hakimov
Live
Barchasi