AQSH Eronga qarshi sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
Olam
−
23 iyun 2795 2 daqiqa
AQSH Eron bilan o‘tkazilgan dastlabki muzokaralardan so‘ng mamlakatga nisbatan qo‘llangan ayrim sanksiyalarni 60 kun muddatga vaqtincha bekor qildi. Bu haqda vositachi davlatlar – Pokiston va Qatar ma’lum qilgan.
Avvalroq, AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Shveysariyadagi muzokaralar yakuni bo‘yicha Eron bilan yakuniy tinchlik kelishuviga erishish uchun yaxshi asos yaratilganini bildirgandi. Biroq Tehron hozircha yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlanganini rad etmoqda.
Tomonlar Qatarga tegishli Byurgenshtok tog‘ kurortida o‘tkazilgan uchrashuvda 60 kun ichida doimiy kelishuvga erishish bo‘yicha yo‘l xaritasini kelishib olgan.
Shuningdek, Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni to‘xtatish mexanizmi ham kelishib olingan. Hormuz bo‘g‘ozi orqali tijoriy kemalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun maxsus aloqa kanali ham ishga tushirilgan.
Kelishuvning iqtisodiy qismi doirasida AQSH Moliya vazirligi 21 avgustgacha amal qiladigan imtiyoz e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Eron neft va neft mahsulotlarini eksport qilishi hamda ular uchun to‘lovlarni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Jey Di Vensning aytishicha, Eron xalqaro yadroviy inspektorlarni qabul qilish va xorijda muzlatilgan aktivlarni boshqarish bo‘yicha mexanizmlar yaratishga rozilik bildirgan. Biroq Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Baqoiy mamlakat hali yadroviy masalalar bo‘yicha muzokaralar olib bormaganini va yangi majburiyatlar olmaganini ta’kidlagan.
Donald Tramp esa Eron yadroviy faoliyatining tinch maqsadlarga xizmat qilayotganini tasdiqlash uchun qurol-yarog‘ tekshiruvlariga rozi bo‘lishini bildirgan.
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron neft va neft-kimyo mahsulotlari eksporti uchun imtiyozlar, muzlatilgan aktivlarning bir qismini qaytarish hamda mamlakatni tiklash va rivojlantirish dasturini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvlarga erishganini ma’lum qilgan.
Livanda esa vaziyat nisbatan barqarorlashmoqda. Isroil mart oyida “Hizbulloh”ning chegara orqali amalga oshirgan hujumlaridan keyin janubiy Livanga qo‘shin kiritgan edi. Juma kuni yangi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tuzilgan bo‘lsa-da, yana bir kun davomida shiddatli janglar kuzatilgandi.
Livan rasmiylarining ma’lum qilishicha, 20 iyun kechasidan buyon to‘qnashuvlar sezilarli darajada kamaygan. Bugun, 23 iyun kuni Vashingtonda Isroil va Livan o‘rtasida yangi muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. Nabatiya shahridagi shifoxona rahbari Hasan Vazniyning ta’kidlashicha, bu urush boshlanganidan beri ilk bor ikki kun davomida nisbatan to‘liq tinchlik saqlanishi bo‘lgan.

Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28