AQSH Davlat kotibi Trampning Putin bilan uchrashish shartini aytdi

Olam

image
Putin Tramp bilan deyarli 1,5 soat telefonda gaplashdi north_east

Putin Tramp bilan deyarli 1,5 soat telefonda gaplashdi

AQSH va Rossiya Prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv ehtimoli “ko‘p jihatdan Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishish mumkinligiga bog‘liq”. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio kecha, 20 fevral kuni jurnalist Ketrin Xerrijga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Rubio 18 fevral kuni Ar-Riyodda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar chog‘ida Trampning Putin bilan uchrashuvini muhokama qilganini aytdi. Shu bilan birga, u Lavrov va Rossiya rasmiylariga “nima haqida bo‘lishini bilmagunimizcha, uchrashuv bo‘lmaydi”, dedi.

“Odatda bunday uchrashuvlar qandaydir natija ma’lum bo‘lmagunicha yoki qandaydir yutuqlarga erishilmaguncha o‘tkazilmaydi”, dedi Amerika Davlat departamenti rahbari.

Tramp Putin bilan telefon suhbatidan so‘ng fevral oyi oxirigacha u bilan shaxsan uchrashishi mumkinligini aytgan bo‘lsa-da, Rubio bu qachon yuz berishi mumkinligini “bilmasligini” aytdi.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika Prezidenti Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatish borasida qanchalik jiddiy ekanini bilmoqchi.

“Buni tekshirishning yagona yo‘li Moskvadan to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘rash. Saudiya Arabistonidagi muzokaralardagi yagona kelishuv tinchlik haqida gapirishni davom ettirish niyati edi”, deya qo‘shimcha qildi Rubio.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida bo‘lib o‘tgan Rossiya va Amerika delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi va AQSH Prezidentlarining ehtimoliy uchrashuvi muhokama qilindi, tomonlar Rossiyaning Ukrainadagi urushini tugatish masalasini muhokama qilish uchun muzokarachilarni tayinlashga ham kelishib oldi. 19 fevral kuni Rossiya davlati rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuv shu oy oxirigacha bo‘lib o‘tishi mumkinligini tan oldi. Bundan bir kun avval Tramp ham fevral oyida Rossiya Prezidenti bilan uchrashish ehtimolini istisno etmadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Rossiya-Ukraina Ukraina Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing