AQSH Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropaga qo‘shin joylashtirishi mumkin – NYT
Olam
−
24 yanvar 2022
6642AQSH Prezidenti Jo Bayden Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Sharqiy Yevropada Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlari, havo kuchlari va dengiz flotini joylashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Amerika ma’muriyatidagi manbalarga tayanib ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, gap “bir necha ming” harbiy xizmatchilar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Qo‘shinlarni joylashtirish bo‘yicha qaror bir hafta ichida qabul qilinishi ehtimoli bor.
Qayd etilishicha, Pentagon rasmiylari Baydenga AQSH kuchlarini Rossiya chegaralariga imkon qadar yaqinroq o‘tkazish bo‘yicha bir nechta variantni taqdim etgan. Ushbu variantlardan biri doirasida Mudofaa vazirligi ekspertlari Sharqiy Yevropa mamlakatlariga mintaqada keskinlik kuchaygan taqdirda soni ko‘payishi mumkin bo‘lgan 1000 dan 5000 gacha qo‘shin yuborishni taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 yanvar kuni Ukrainaga harbiy yuklarning birinchi partiyasi, jumladan og‘irligi 90 tonnadan ortiq bo‘lgan o‘q-dorilar yetkazib berildi. Amerika elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Qo‘shma Shtatlar mamlakatga 650 million dollardan ortiq harbiy yordam ko‘rsatgan, 2014 yildan beri esa Kiyev bu maqsadlar uchun 2,7 milliard dollar yordam olgan. 23 yanvar kuni Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov og‘irligi 80 tonnadan ortiq bo‘lgan qurollarning ikkinchi partiyasi kelganini ma’lum qildi.
So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.
LiveBarchasi