AQSH aviatashuvchilarining hujumchi guruhi Fors ko‘rfazi suvlariga kirdi

Olam

image

AQSHning USS Eisenhower yadroviy samolyot tashuvchi kemasi boshchiligidagi Amerika aviatashuvchilarining zarba berish guruhi Hormuz bo‘g‘ozi orqali Fors ko‘rfaziga kirdi. Bu 2020 yildan beri birinchi marta sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, Fors ko‘rfazida samolyot tashuvchisi mintaqadagi AQSH Markaziy qo‘mondonligi missiyalari doirasida "asosiy xalqaro suv yo‘llari bo‘ylab navigatsiya erkinligini ta’minlash uchun" patrullik qiladi. Aviatashuvchilar guruhiga USS Filippin Sea boshqariladigan raketa kreyseri, USS Gravely va USS Stethem esminetslari va Fransiyaning Languedoc fregati kiradi.

Boshqa tarafdan, Isroil armiyasi matbuot kotibi Piter Lerner agar tahdid yuzaga kelsa, Qo‘shma Shtatlar O‘rtayer dengizi sharqida joylashgan ikkita aviatashuvchi zarba beruvchi guruhidan foydalanishga tayyorligiga ishonchi komilligini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektori atrofidagi mojaro munosabati bilan Jerald Ford aviatashuvchi zarba guruhlarini O‘rtayer dengizining sharqiy qismiga joylashtirgandi. Kema bortida mintaqaga F-15E Strike Eagle qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari yetib kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Fors ko'rfazi Isroil USS Eisenhower

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing