AQSH Afg‘onistonga 204 mln dollarlik yordam beradi 

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonga 204 million dollarga yaqin qo‘shimcha gumanitar yordam beradi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays tarqatgan bayonotda aytiladi.

“Biz Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun 204 million dollarga yaqin qo‘shimcha gumanitar yordam ko‘rsatmoqdamiz, bu 2021 yil avgustidan buyon ko‘rsatilayotgan yordamning umumiy miqdorini 720 million dollarga yetkazmoqda”, degan u.

Ta’kidlanishicha, ajratilgan mablag‘lar BMTning tarkibiy bo‘linmalari va bir qator xalqaro gumanitar tashkilotlar orqali taqsimlanadi. Bayonotga ko‘ra, bu pullar oziq-ovqat va suv sotib olish, asosiy tibbiy xizmatlarni taqdim etish, Afg‘oniston xalqiga boshpana berish va ularni huquqiy himoya qilish, “gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurash”ga hissa qo‘shish, “ichki ko‘chirilganlarning reintegratsiyasini rag‘batlantirish” uchun mo‘ljallangan.

“Qo‘shma Shtatlar afg‘on xalqining gumanitar ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi va “Tolibon” rahbariyati barcha afg‘on fuqarolarining inson huquqlarini, shu jumladan afg‘on ayollarining talim olish huquqini hurmat qilish majburiyatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlaydi”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning uchinchi vazirlar konferensiyasi ishtirokchilari inqirozdan chiqish uchun mamlakatga gumanitar yordam yetkazib berishni davom ettirishga qaror qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH o‘z qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng, “Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 2021 yil 15 avgustda “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa respublikani tark etdi. 6 sentyabr kuni “Tolibon” butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing