AQSH Afg‘onistonda necha milliardlik qurol qoldirgani ma’lum qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH harbiylari Afg‘onistonni shoshilinch tark etganida umumiy qiymati 85 milliard dollarga teng qurollarni mamlakatda qoldirib ketgan. Bu haqda Rossiya Harbiy-texnikaviy hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev ma’lum qildi.  

“Ochig‘ini aytganda, bu 85 milliardlik raqamlar shunchaki qo‘rqinchli. Raqamlar haqida o‘ylab ko‘ring: 22 ming zirhli texnika, 358 ming avtomat, 176 artilleriya quroli, 8 ming yuk mashinasi, transport samolyotlari, yuzdan ortiq vertolyot — ular tishlarigacha qurollangan”, degan u. 

Shugayev Amerika armiyasining Afg‘onistondan shoshib qochishi haqida gapirar ekan, bundan ham yomonroq ssenariyni o‘ylash qiyin ekanini ta’kidlagan. 

“Bunday holatda ular o‘zlarini oyog‘iga o‘q uzdi”, degan Shugayev.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

504

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing