AQSH 2021 yilgacha koronavirusga qarshi yuz millionlab dozada vaksina ishlab chiqaradi
Salomatlik
−
30 aprel 2020
6815AQSHda yanvar oyigacha yuz millionlab dozada COVID-19 vaksinasi tayyor bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakatning yuqumli kasalliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Entoni Fauchi ma’lum qildi.
“Biz tez harakat qilmoqchimiz, lekin ayni paytda vaksina xavfsiz va samarali bo‘lishiga ishonch hosil qilishni xohlaymiz“, deydi Fauchi.
Bundan tashqari, Fauchi shu yil boshida vaksina qachon tayyor bo‘lishini e’lon qildi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, 2021 yil yanvarida vaksinaning birinchi namunalari qo‘llash boshlanadi.
“Vaksina 1 yilda tayyor bo‘lishi kerak edi. Mana yanvarda roppa-rosa 1 yil bo‘ladi“, deydi Fauchi.
Vaksinaning kelgusi yilning boshiga qadar mavjud bo‘lishi uning klinik tadqiqotlarining natijalariga bog‘liq. Ma’lum qilinishicha, hozirda Johnson & Johnson, Moderna va Oksford universiteti kabi kompaniyalar vaksinalarni ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
“The New York Times” xabar berishicha, Oksford jamoasi vaksinani yaratishda ko‘proq yutuqlarga ega bo‘lishi mumkin. Universitetning dastlabki bir necha million dozalali vaksinasi sentyabr oyiga qadar tayyorlanishi kutilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 1 064 836 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 147 473 nafari sog‘aygan, 61 680 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 855 683 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi