AQSH harbiysi G‘azo bilan bog‘liq maxfiy hujjatlar tufayli o‘ziga o‘t qo‘ygan – NYP
Olam
−
28 fevral
12503Avvalroq, AQSHdagi Isroil elchixonasi yonida amerikalik 25 yoshli harbiy “Falastinga ozodlik! Men genotsidning ishtirokchisi bo‘lmayman”, deya o‘ziga o‘t qo‘ygani haqida xabar bergandik.
"The New York Post" nashrining yozishicha, radikal anarxistik guruhlar bilan onlayn aloqada bo‘lgan AQSH Havo kuchlarining 25 yoshli harbiysi o‘ta maxfiy ma’lumotni bilib qolgan. Bu haqda nashr Bushnellning yaqin do‘stiga tayanib, xabar berdi. Marhum askar sirdosh do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, ayni paytda u guvohi bo‘lgan haqiqatlardan dahshatga tushayotganini aytgan.
"U shanba kuni menga G‘azoda bizning qo‘shinlarimiz ham borligini, qotilliklarda AQSH askarlari bevosita ishtirok etayotganini bildirdi", deydi Bushnellning do‘sti NYP nashriga.
O‘z navbatida, askar AQSH harbiylarining qo‘li G‘azodagi falastinliklarning qoniga botayotganidan tushkunlikka tushib qolgan.
Qayd etilishicha, Aaronning haqiqiy ishi razvedka ma’lumotlarini qayta ishlashdan iborat bo‘lgan. U tanishgan sirlarning ba’zilari Isroil va G‘azo mojarosi bilan bog‘liq bo‘lgan.
"U menga faqat bir narsani AQSH harbiylari Falastindagi genotsid ishtirokchisi ekanligini aytdi xolos", deydi Bushnellning do‘sti Isroilning g‘azoliklarni qirg‘in qilayotganiga ishora qilib.
Aaron Amerika qo‘shinlari ko‘p sonli falastinliklarni vahshiylarcha o‘ldirayotganini qo‘shimcha qilgan.
"Men bilmagan juda ko‘p narsa bor, lekin shuni ayta olamanki, uning ovozida dahshat ohangi sezilib turar edi", degan harbiyning suhbatdoshi.
Garchi Bushnell o‘z do‘stiga juda sirli ma’lumot berayotganini da’vo qilgan bo‘lsa-da, bu haqiqatligini tekshirishning imkoni bo‘lmayotganligi aytilgan.
Harbiy havo kuchlar Bushnellning innovatsion xizmatlar bo‘yicha texnik ekanligini tasdiqlagan, ammo u qanday xavfsizlik xizmatida ishlashini ochiqlamagan. Ular NYP'ning bu haqdagi so‘roviga ham javob bermagan.
Faqat shunisi ma’lumki, o‘zini yoqib yuborishdan bir necha daqiqa oldin 25 yoshli AQSH harbiysi jonli efirda qisqa videomurojaat qilgan va u "endi genotsidda boshqa ishtirok etmasligini" ta’kidlagan.
Bushnell o‘zining Facebook'dagi so‘nggi postida ham vatanining genotsidda ishtirokiga chiday olmasligini bildirgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi