Afrika davlatlaridan biri O‘zbekistonga elchi yubordi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 14 mart kuni Gana elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Tehron shahrida) Erik Ovusu Boatengni qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

"Gananing O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Erik Ovusu Boateng janoblari bilan uchrashishdan va uning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz", degan Saidov.

Shuningdek, vazir Gananing O‘zbekistonni xalqaro institutlar doirasida doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotganini yuksak qadrlashini bildirgan. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini va mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarga yangi dinamika baxsh etish zarurligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Gana o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1993 yil 28 oktyabrda o‘rnatilgan. Erik Ovusu Boateng Gananing O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan birinchi elchisi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 mart kuni Tashqi ishlar vaziri Avstriyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Mattias Radostich va O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Kim Xi-sang bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Baxtiyor Saidov Gana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing