Baxtiyor Saidov Ummon va Eron Taşqi işlar vazirlari bilan uçraşdi
O‘zbekiston
−
15:04 462 1 daqiqa
Bugun, 17 noyabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Masqat şahrida Ummon Sultonligi Taşqi işlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaidiy hamda Eron Islom Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi bilan uç tomonlama uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Saidov özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, transport-logistika yönalişidagi hamkorlikni rivojlantiriş va mavjud tranzit salohiyatidan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilingan.
“Şuningdek, mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almaşib, mavjud keskinlikni diplomatik vositalar orqali bartaraf etiş va tomonlar örtasidagi muloqotni davom ettiriş zarurligini ta’kidladik”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş, mavjud imkoniyatlarni röyobga çiqariş hamda mintaqada tinçlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlaş borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni izçil davom ettirişga kelişib olingan.
Live
Barchasi